HUQUQNI SUIISTE’MOL QILISH FENOMENI TO‘G‘RISIDAGI QARASHLAR GENEZISI
Mamadaliyev Avvolbek Ziyoitdinovich
Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada “huquqni suiiste’mol qilish” fenomenining tarixi, nazariy asoslari va axloqiy mazmunlari har tomonlama tahlil qilingan. Avvalo, qadimgi Rim huquqida shakllangan “bona fides” (toza vijdon, insof) tushunchasi va uning shartnomaviy hamda mulkiy munosabatlarda adolatni ta’minlashdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Muallif Rim yuristlari ta’limotlariga tayanadi va “insof” prinsipi huquq subyektlarining xatti-harakatlarini baholashda asosiy mezon sifatida xizmat qilganini ta’kidlaydi.
XVIII–XIX asrlarda Fransiyada paydo bo‘lgan “abus de droit” va “shikana” konsepsiyalari orqali huquqdan zararli maqsadlarda foydalanishning oldini olish mexanizmlari shakllantirilgani, ularning Germaniya va Shveysariya qonunchiligiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatgani tahlil etilgan. Shuningdek, Shveysariya Fuqarolik kodeksida “ochiq suiiste’mol” tushunchasi, Germaniyada esa “shikana” orqali qo‘shnichilik munosabatlarini tartibga solish amaliyoti keng yoritilgan. Maqolada, shuningdek, rus, amerikalik, fransuz, nemis, yapon, xitoy va o‘zbek olimlarining konseptual qarashlari qiyosiy o‘rganilgan. Muallifning xulosalariga ko‘ra, huquqni suiiste’mol qilishga qarshi samarali kurashish uchun faqat huquqiy mexanizmlar emas, balki axloqiy mezonlar – insof, adolat va halollik prinsiplari ham markaziy o‘rin egallashi lozim.
Kalit so'zlar
huquqni suiiste’mol qilish, axloq, halollik, adolat, tarixiy rivojlanish, bona fides, abus de droit, shikana, Fransiya qonunchiligi, Yevropa huquqiy an’analari, Rossiya huquqi, zamonaviy tahlil