ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDA O‘ZBЕKISTON MILLIY STANDARTLASHTIRISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Rajabov Nariman Sharifbayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Barqaror rivojlanish sharoitida mamlakatimizda ekologik standartlashtirish bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya etilishi yuzasidan olib borilayotgan davlat ekologik siyosatining muhim ustuvor masalalari hozirgi bozor talablari asnosida amalga oshirilishini taqozo etadi. Aslida, ekologik standartlar tabiiy obyektlar holatining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini ifodalaydigan, huquqiy ahamiyatga va huquqiy hujjatlarning barcha xususiyatlariga ega bo‘lgan texnikaviy-huquqiy hujjat bo‘lib, ularga muvofiq tabiiy resurslarning ayrim turlaridan foydalanishning huquqiy rejimi, tabiatdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarda ham faoliyatning ekologik qoidalarini belgilaydi. Mazkur ilmiy maqolada ekologik standartlashtirishning mohiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati yoritilib, mazkur sohani rivojlantirishga oid qonunchilikning hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqbollariga oid huquqiy masalalar ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan tahlil etilgan hamda bu borada mualliflik takliflari ilgari surilgan. Shuningdek, ushbu masala yuzasidan eng ilg‘or xorijiy tajriba hamda qonunchilik o‘rganilib, mamlakatimizda uni rivojlantirish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bunda ekologik standart, ekologik normativ va ekologik me’yorlash tizimi, ekologik standartlashtirish bo‘yicha munosabatlarning huquqiy tartibga solinishi yoritilgan hamda ushbu sohani takomillashtirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
ekologik standart, ekologik standartlashtirish, ekologik me’yor, ekologik me’yorlash, etalon, andoza, ekologik qonunchilik, limit