JAMOATCHILIK NAZORATINI TASHKILIY JIHATDAN RAQAMLASHTIRISH VA UNING OLDIDA TURGAN DOLZARB MUAMMOLAR

Usmonov Otabek Odilbek oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisining jamo’atchilik bilan aloqalar boʻyicha maslahatchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada jamoatchilik nazoratini raqamlashtirish zarurati va uni amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari tadqiq etildi. Davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar kontekstida raqamli texnologiyalarni qoʻllash orqali jamoatchilik nazoratini tashkil qilish masalalari tadqiqot predmeti sifatida olindi. Mavzuning dolzarbligi davlat va jamiyat oʻrtasidagi ishonchni kuchaytirish, shaffoflikni taʼminlash hamda fuqarolarning boshqaruv jarayonlarida faol ishtirokini taʼminlash zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar, xususan, blokcheyn, sunʼiy intellekt va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish orqali samarali jamoatchilik nazorati mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot doirasida ilmiy-nazariy tahlil, tizimli yondashuv va xalqaro tajriba tahlili metodlaridan foydalanildi. Oʻzbekiston sharoitida raqamli jamoatchilik nazoratini joriy etish imkoniyatlari va xatarlar tahlil qilinib, Kanada, Shvetsiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari tajribalari koʻrib chiqildi. Natijada raqamli jamoatchilik nazoratini shakllantirish, davlat va jamiyat oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirish hamda huquqiy asoslarni mustahkamlash zarurligi asoslab berildi. Muallif xulosada ushbu natijalar davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlari, ijtimoiy faollikni oshirish va raqamli xizmatlar sohalarida qoʻllanishi mumkinligini taʼkidlab, raqamli nazoratning huquqiy, tashkiliy va texnologik asoslarini takomillashtirish borasidagi amaliy tavsiyalarini ilgari suradi.
Kalit so'zlar
jamoatchilik nazorati, blokcheyn amaliyoti, sunʼiy intellekt, raqamli jamoatchilik nazoratida OAVning roli, tashkiliy mexanizmlar, raqamli fuqarolik jamiyati, raqamli jamoatchilik nazorati, raqamli elita, inklyuziya