IQTISODIY SUD ISHLARINI YURITISH PRINSIPLARI: ODIL SUDLOVNING FAQAT SUD TOMONIDAN AMALGA OSHIRILISHI

Abdusamadov Dilmurod Farxod oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari jarayoni keng qamrovda tahlil qilingan. Xususan, mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish, odil sudlovni taʼminlash, sud qarorlarining asoslanganligi va adolatliligini oshirish boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan sud tizimini yanada rivojlantirish konsepsiyasi doirasidagi chora-tadbirlar sharhlanadi. Sudlarning fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada ochiq va shaffof tizimga aylanishi, investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy sudlar faoliyatining optimallashtirilishi, zamonaviy raqamli texnologiyalar va mediatsiya institutining joriy etilishi kabi asosiy yoʻnalishlar koʻrib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, sudlar faoliyatida hisobdorlik va shaffoflik darajasini oshirish, sud qarorlarini eʼlon qilishning qonuniy mexanizmlari, shuningdek, xalqaro baholash tizimlarida, jumladan, “World Justice Project” koʻrsatkichlari asosida Oʻzbekistonning erishgan natijalari va kelgusidagi ustuvor vazifalar yoritiladi. Tadqiqot Oʻzbekistonning huquqiy davlat qurish yoʻlidagi islohotlari nafaqat ichki taraqqiyot uchun, balki xalqaro maydonda raqobatbardosh va barqaror tizim yaratish uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini ham koʻrsatadi. Maqola, ayni vaqtda, sud-huquq sohasidagi islohotlarning amaliy natijalari va yuzaga kelayotgan muammolarni ham tahlil qiladi, sud mustaqilligini taʼminlashda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar beradi.
Kalit so'zlar
sud-huquq islohotlari, adolatli sudlov, sud mustaqilligi, ochiqlik va shaffoflik, iqtisodiy sudlar, investitsiya muhiti, raqamli texnologiyalar, mediatsiya, sud qarorlarining eʼlon qilinishi, xalqaro reytinglar, World Justice Project, sud tizimini rivojlantirish konsepsiyasi