OLIB QO‘YISH VA TINTUV O‘TKAZISHDA FUQAROLARNING HUQUQ VA QONUNIY MANFAATLARINI TA’MINLASHNING PROTSЕSSUAL KAFOLATLARI

Yermekbayev Bauirjan Amantayevich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Jinoyat huquqi, protsessi va kriminalistika kafedrasi assistent o‘qituvchisi

Akmalov Hamid Akmal o‘g‘li

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat protsessida tergov harakati hisoblangan olib qoʻyish tushunchasi va olib qoʻyish tergov harakatini oʻtkazishda shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarining protsessual kafolatlari masalalari atroflicha tahlil qilingan. Bunda olib qoʻyish tushunchasi boʻyicha jinoyat-protsessual qonunchiligida belgilangan normalar, soha mutaxassislari va olimlarning bu boradagi qarashlari oʻrganilgan. Oʻz navbatida, olib qo‘yish tushunchasining tintuv tergov harakati tushunchasidan farqli jihatlari ochib berilgan. Jinoyat-protsessual qonunchiligida tergovchiga olib qoʻyish oʻtkazishda shaxs huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga taalluqli boʻlgan masalalarni hal qilish boʻyicha keng vakolatlar berilgan boʻlib, ushbu maqolada tergov jarayonida tintuv oʻtkazishda tergovchi va ishtirokchilar amal qilishi zarur boʻlgan shartlar tahlil qilingan. Olib qoʻyish jarayoni shaxslarning mol-mulki daxlsizligiga boʻlgan huquqi bilan bevosita aloqador ekanligi sababli mazkur maqolada ushbu tergov harakatini amalga oshirishda mol-mulk daxlsizligiga boʻlgan huquqni kafolatlashga doir milliy va xalqaro qonunchilik normalari ham qisqacha tadqiq etilgan. Shuningdek, mavzu yuzasidan qonun hujjatlari, aynan shu mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan olimlarning fikrlari, takliflari ham atroflicha o‘rganilgan holda, mualliflarning shaxsiy fikrlari, xulosalari va takliflari ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
olib qoʻyish, tintuv, shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlari, protsessual kafolatlar, tergovchi, mol-mulk daxlsizligi, sud ajrimi, olib qoʻyish bayonnomasi.