NIZOLI VA OʻZ-OʻZIDAN HAQIQIY BOʻLMAGAN BITIMLAR: YANGI KLASSIFIKATSIYA
Usmonova Munisxon Yoʻldosh qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik huquqining muhim instituti boʻlgan bitimlarning ahamiyati, ularning haqiqiy emas deb topilishida erk va irodaning oʻrni, bitimlar haqiqiy emasligiga koʻra tasniflanishi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada bitimlarning haqiqiy emasligiga oid yangi klassifikatsiya ishlab chiqilgan boʻlib, unga ko‘ra, ushbu yangi turlarga ajratish kazuistik emas, balki abstrakt tamoyil deb qabul qilish tavsiya etiladi. Ishlab chiqilgan klassifikatsiyani asoslash uchun bir nechta argumentlar taqdim etilgan boʻlib, ularda bugungi fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish uchun takliflar ham aks ettirilgan. Fuqarolik huquqida haqiqiy boʻlmagan bitimlar nizoli va oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlarga ajratilishining asosiy sababi ularning oqibatini farqlash uchundir. Biroq nazariya va amaliyotni tahlil qilgan holda ushbu muhim asosning ahamiyatsiz ekanligi muallif tomonidan isbotlashga harakat qilingan. Shu bilan bir qatorda, maqolada bitimlarning haqiqiy emasligi xususiyati, haqiqiy emaslikning har bir holati (tarkibi)da oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan isbotlash predmeti, daʼvo muddati pozitsiyasi, daʼvo qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasi, daʼvo arizasida bitimni oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar (alohida), oʻzining insofsiz harakatlari orqali bitimni oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb tasdiqlashni talab qilish va boshqalar muhokama qilingan. Maqolada taqqoslash-qiyoslash, analiz-sintez, tizimli tahlildan keng foydalanilgan.
Kalit so'zlar
bitimlar, haqiqiy boʻlmagan bitimlarning turlari, erk, iroda, nizoli va oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlar, xatolik