TIZIMI ISLOHOTIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHish OMILINI KUCHAYTIRISH

Meliyev Xudoyor Xurramovich

mustaqil izlanuvchi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish bilan birgalikda korrupsiyaviy xatarlarni eng kam miqdorga tushirish orqali tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratishda muhim hisoblanadi. Maqolada keyingi yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning harakatlar va taraqqiyot strategiyalari doirasida oʻta byurokratik soha hisoblangan litsenziyalash va ruxsat berish tizimi butunlay isloh qilingani ochib berilgan. Shu bilan birga, muallif ushbu sohada korrupsiyaviy xatarlar va holatlar mavjudligi, amalga oshirilayotgan islohotlarda bu ahamiyatli komponent sanalishini tahlil qilgan. Xususan, ushbu masalada “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali aniqlangan faoliyatni litsenziyalash sohasidagi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganini koʻrsatuvchi statistik maʼlumotlarga murojaat qilingan. Litsenziyalash, ruxsat berish tartib-taomillarini biznes jarayonlarni reinjiniring qilish orqali qayta koʻrib chiqish, ortiqcha boʻgʻinlarni olib tashlash, ayrim ruxsat beruvchi taomillardan voz kechish, elektron tizim orqali soʻrovlar oʻtkazib borish boʻyicha takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
litsenziya, litsenziyalash, ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyaning talab va shartlari, davlatning tartibga solish funksiyasi, korrupsiyaga qarshi kurashish, “Litsenziya” axborot tizimi, “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, biznes jarayonlarni reinjiniring qilish