KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA OSIYO KELAJAGI: OSIYODA OʻZARO HAMKORLIK VA ISHONCH CHORALARI KONFERENSIYASI UCHUN G‘OYALAR
Valijonov Daler Dilshodovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari konferensiyasi (CICA)ning huquqiy maqomini aniqlash va ushbu tashkilot doirasida korrupsiyaga qarshi kurash masalalari xalqaro ommaviy huquqiy munosabatlar nuqtayi nazaridan o‘rganildi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro tajribani tizimli tahlil qilish asosida qiyosiy-huquqiy va rasmiy-huquqiy usullardan foydalangan holda, Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari konferensiyasi (CICA) faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari aniqlandi. Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashda Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari konferensiyasida ishtirok etayotgan mamlakatlarning xalqaro hamkorligi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadqiqot natijasida CICA Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash uchun hamkorlikni mustahkamlovchi koʻp millatli forum ekanligi tadqiq etildi. Shunga koʻra, ushbu tuzilmaning funksiyalari va vazifalarini mintaqaviy tashkilot sifatida koʻrib chiqishda kompleks yondashuv zarur. Shuningdek, maqolada mazkur tashkilot doirasida Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari konferensiyasining huquqiy maqomini aniqlashga doir qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar shakllantirildi. Korrupsiyaga qarshi kurash doirasida tashkilotga aʼzo davlatlar hamkorligini mintaqaviy darajada maxsus huquqiy tartibga solish zarurligi asoslandi.
Kalit so'zlar
Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari konferensiyasi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, xalqaro huquq, mintaqaviy tashkilotlar huquqi, xalqaro va mintaqaviy hamkorlik