YURIDIK TERMINOLOGIYADA SINONIMIYA VA POLISEMIYA
Gulyamova Gulnora Yakubovna
Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada tilshunoslik boʻlimi – leksikologiyada tilning asosiy lugʻaviy birligi boʻlmish leksemalar, ularning maʼnoviy aloqadorligi, yuridik terminologiyada sinonimiya, polisemiya hodisalari, leksik sinonimlar, variantdorlik, oʻz va oʻzlashma terminlardan iborat sinonimik qator, kalka, terminlarning “bitta termin – bitta tushuncha” prinsipi, lingvistik omil – polisemiya, polisemantik terminlar, bundagi chalkashliklar, yuridik terminlarning mavzuiy guruhlari, umumhuquqiy tezaurus xususida fikr yuritiladi. Yuridik terminlarning oʻzaro munosabatida sinonimiyaning faolligini koʻrish mumkin. Rasmiy yuridik matnlarda qator tushunchalar ikki va undan ortiq soʻzlar bilan berilmoqda, yaʼni sinonimlardan unumli foydalanilmoqda, natijada leksik qatorni ikkita, uchta va undan ortiq terminlar tashkil etib kelmoqda. Bu esa terminologiya uchun salbiy holat hisoblanadi. Shu bois maqolada qator yuridik terminlar lugʻatlari va ensiklopediya misolida leksik sinonimlar, tilning ilmiy va rasmiy uslublariga zid – birxillikdan chekinish holatlari, oʻz va oʻzlashma terminlardan iborat sinonimik qator, yakka va birikma terminlar, sinonimlarni yuzaga keltiruvchi kalka usuli, sinonimiyaning variantdorlik turi, yuridik terminologiyada polisemiya (koʻp maʼnolilik) hodisasiga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, oʻzbek yuridik terminologiyasida soʻz va terminlarning oʻzaro munosabatiga oid xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
yuridik til, leksikologiya, leksema, termin, maʼnoviy aloqadorlik, sinonimiya, variantdorlik, ilmiy uslub, sinonimik qator, lugʻaviy birlik, oʻzlashma termin, laqab, taxallus, polisemantik birikma, tezaurus.