XORIJIY MAMLAKATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA YURIDIK SHAXSLARGA NISBATAN JAZONI YENGILLASHTIRISH MASALALARI

Islomov Bunyod Ochilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank Oʻzbekiston” AJ yuridik boshqarmasi boshligʻi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlar jinoyat huquqida yuridik shaxslarga nisbatan jazoni yengillashtirish masalalari, shu jumladan, yuridik shaxslarga jazo tayinlashda inobatga olinadigan holatlar, xususan, jazoni yengillashtiruvchi holatlar, qasddan, ehtiyotsizlik orqasida hamda takroran sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, yuridik shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, qator xorijiy, holatlar, shu jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tashkilotiga aʼzo mamlakatlar, xususan, Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Ukraina, Gruziya, Chili Respublikasi, Nigeriya Federativ Respublikasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstriya Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Norvegiya Qirolligi, Ruminiya, Ispaniya Qirolligi hamda Sloveniya Respublikasi jinoyat huquqida yuridik shaxslarga nisbatan jazoni yengillashtirish masalalari oʻrganilgan. Bunda yuridik shaxslarga tayinlanadigan asosiy jazo choralaridan biri boʻlmish jarima jazosining tayinlanishida jazo tayinlashning umumiy asoslari sifatida inobatga olinadigan holatlar qatorida jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar roʻyxatiga alohida eʼtibor qaratilgan. Maqolaning tadqiqot natijalari tahlili hamda xulosa qismlarida yuqorida sanab oʻtilgan mamlakatlar jinoyat huquqida uchraydigan meʼyorlar yuzasidan yakuniy fikr-mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so'zlar
yengillashtiruvchi holatlar, ogʻirlashtiruvchi holatlar, korporativ jinoiy javobgarlik, ehtiyotsizlik, suiqasd, jarima, oxirgi zarurat, ishtirokchilik, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, takroran jinoyat sodir etish.