SOLIQLARNI KЕCHIKTIRIB YOKI BO‘LIB-BO‘LIB TO‘LASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Turaboyev Ixtiyorjon Qobilovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish bo‘yicha qoidalar nazariy-ilmiy tahlil qilingan. Jumladan, soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan soliq to‘lovchilarga davlat tomonidan berilgan yordam ekanligi, bunday imkoniyat berilganida to‘lanishi kechiktirilgan soliq uchun foizlar hisoblanishi ularni yanada qiyin ahvolga solishi mumkinligi ta’kidlangan. Maqolada 2020-yilda kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidagi soliq to‘lovchilar uchun belgilangan soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha qoidalar mazkur imkoniyatdan foydalanishni qiyinlashtirayotgani ta’kidlangan. Shuningdek, xorijiy davlatlar soliq qonunchiligi tahlil qilinib, amaldagi soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish qoidalarini soddalashtirish va mazkur qoidadan har qanday soliq to‘lovchining foydalanishiga imkon yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, soliqlarni to‘lashni kechiktirish orqali o‘z mablag‘larini ishlab chiqarishni kengaytirish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni istagan soliq to‘lovchilar uchun investitsiyaviy soliq krediti bo‘yicha qoidalarni amaldagi Soliq kodeksiga kiritish takliflari bildirilgan.
Kalit so'zlar
soliq to‘lovchi, soliq majburiyati, soliqlarni to‘lashni kechiktirish, soliq qarzi, investitsiyaviy soliq krediti.