QONUNGA SHARH VA UNING SUD AMALIYOTIDAGI O‘RNI: NEMIS SUDYASINING QARASHLARI
Yorg Pudelka
sudya, Berlin, Germaniya
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Germaniyada qonunga sharhlar har qanday huquqshunos ishining asosiy qurolidir. Sharhlar hozirgi kundagi muhim sud amaliyoti va zamonaviy ta’limotlarni o‘z ichiga oladi. Germaniya noshirlik amaliyotida mamlakatning asosiy qonunidan tortib Germaniya fuqarolik kodeksi yoki ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonuniga qadar kengaytirilgan, ko‘p jildli sharhlarning bir qancha misollarini ko‘rish mumkin. Sharhlarni qonunlarga qo‘llash universitetdagi o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, turli nuqtayi nazarlarni tushunishga yordam beradi. Ma’muriy aktlar yoki sud qarorlarini tuzishni sharhlangan sud amaliyotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sharh huquqiy muhokamani ishonchli dalillar bilan mustahkamlaydi va dalillar, o‘z navbatida, sud amaliyotining asosiy qarorlarini asoslaydi. Sharhning amaliy ahamiyati amaldagi qonun matnlarini tushuntirish, qarama-qarshi nuqtayi nazarlarni aniqlashdan iborat. Sudya qaror qabul qilishda to‘liq erkin va u yoki bu fikrga rioya qilishga majbur emas. Qonunni talqin qilish huquqi har kimga tegishli va kimning fikriga qo‘shilishi yoki ehtimol, mutlaq yangi o‘z pozitsiyasini shakllantirishni faqat sudya hal qila oladi.
Kalit so'zlar
qonunga sharh, sud amaliyoti, ma‘muriy tartib-taomillar, qonun matni, qonunni talqin qilish, sudyaning pozitsiyasi, Germaniya.