QIRG‘IZISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY SUDLARINING MA’MURIY TARTIB-TAOMILLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIK NORMALARINI SUDGACHA BO‘LGAN SHIKOYAT QILISH TARTIBIDA QO‘LLASHI

Dosmambetova Cho‘lpon Monoldorovna

Bishkek maʼmuriy sudi raisi (Qirgʻiziston Respublikasi)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada sudgacha shikoyat qilish tartibi masalasi muhokama qilinadi. “Ma’muriy faoliyat asoslari va ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi yangi Qonun va Qirg‘iziston Respublikasining Ma’muriy protsessual kodeksi ma’muriy adliyaning zamonaviy talablariga javob beradigan qoidalarni o‘z ichiga oladi. Chunki ularni ishlab chiqishda ma’muriy tartib-taomillar va ma’muriy sud jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha Yevropa tajribasi hisobga olingan. Ma’muriy hujjatlar, ma’muriy organlar va ularning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishning sudgacha bo‘lgan majburiy tartibi bunday tajribaning bir jihatidir, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Qayd etilishicha, ma’muriy nizolarni sudgacha hal qilish tartibining asosiy vazifasi murojaat subyektining huquq va qonuniy manfaatlarini iqtisodiy, huquqiy va vaqt xarajatlarini qisqartirgan holda himoya qilishning samarali mexanizmini yaratishdan iborat. Shunda davlat hokimiyati ijroiya organlarining vakolatlari ortib, sudlarning yuklamasi kamayadi. Buning afzalligi – fuqarolar va tashkilotlarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini mustaqil himoya qilish ta’minlanishida. Ma’muriy organ ishni sudda ko‘rishgacha olib bormay, huquqbuzarlikni bartaraf eta oladi.
Kalit so'zlar
ma’muriy sud, ma’muriy hujjat, ma’muriy harakat, ma’muriy ish yuritish tamoyillari, sudgacha shikoyat qilish tartibi, Qirg‘iziston Respublikasi.