OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “MAʼMURIY TARTIB-TAOMILLAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI QABUL QILINGANIGA 6 YIL TOʻLISHI ARAFASIDA: ASOSIY YUTUQLAR VA MUAMMOLAR

Nematov Joʻrabek Nematilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori v. b., yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinganidan keyingi 6 yil ichida erishilgan asosiy yutuqlar va muammolar tahlil qilingan. Jumladan, maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari, maʼmuriy-huquqiy normalar, maʼmuriy aktga oid qoidalarning maʼmuriy sud amaliyotida qoʻllanishiga oid ayrim masalalar tahlil qilingan. Maʼmuriy sudlar tomonidan hali-hanuz maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplarini (“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 5–19-moddalari) qoʻllash borasida ayrim muammolar mavjudligini koʻrish mumkin. Tan olish lozimki, qonuniylik (6-modda), tinglanish imkoniyatining mavjudligi prinsipi (9-modda), manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi prinsipi (11-modda) maʼmuriy sudlar amaliyotida nisbatan koʻproq qoʻllanmoqda. Bu prinsiplar oʻrinli va toʻgʻri qoʻllanayotganini ham eʼtirof etish joiz. Biroq mutanosiblik prinsipi (7-modda), ishonchning himoya qilinishi prinsipi (16-modda), maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi prinsipini (17-modda) sud amaliyotida qoʻllash borasida hali-hanuz muammolar mavjud. Maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarni koʻrishda hali-hanuz fuqarolik qonunchiligi asosida yondashish mavjudligini ham eʼtirof etish oʻrinlidir.
Kalit so'zlar
maʼmuriy akt, maʼmuriy organ, maʼmuriy-huquqiy munosabat, maʼmuriy akt belgilari, sud amaliyoti, maʼmuriy sud ish yurituvi, maʼmuriy tartib-taomillar.