SOLIQ MASLAHATI TUSHUNCHASINING NAZARIY-HUQUQIY JIHATLARI
Yuldoshbekov Avazbek Alisher oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universitety mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maʼlumki, soliq organlari va internet saytlari faqat soliqlar, yigʻimlar hamda soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot bergani uchun koʻpgina soliq toʻlovchilar xolis mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan soliq maslahatiga muhtojdirlar. Hozirda soliq boʻyicha maslahat beradigan maxsus firmalar asosan soliq deklaratsiyasini toʻldirish, soliqlar va yigʻimlarning paydo boʻlishi va toʻlash tartibi, soliq toʻlovchining soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqi, ularni amalga oshirish tartibi kabi umumiy masalalar yuzasidan oʻz maslahatlarini berib kelishmoqda. Soliq toʻlovchilarning soliqqa oid huquqiy bilimlari yetarli va qoniqarli boʻlmaganligi bois deklaratsiyalarni toʻldirishda, soliq sohasidagi imtiyozlardan oʻz oʻrnida va qonuniy tarzda foydalanishda turli xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan holda qonunda belgilangan soliq toʻlovlarini kechikib yoki toʻliqsiz amalga oshirish holatlari koʻp uchramoqda. Shu oʻrinda qayd etish lozimki, soliq maslahati soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻrtasida soliqqa oid qonunchilikni toʻgʻri qoʻllash hamda sharhlashda amaliy yordam beruvchi oʻziga xos va mos boʻlgan qonuniy vositachi vazifasini bajarishi lozim. Mazkur maqolada aynan soliq maslahati tushunchasining milliy qonunchiligimizda izohlanishi va ushbu tushunchaga nisbatan olimlarning munosabatlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
soliq qonunchiligi, soliq maslahati, soliq maslahatchisi, moliyaviy savodxonlik, soliq munosabatlari, investitsiya natijadorligi, ragʻbatlantirish, samaradorlik, mexanizm.