OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AGENTLIK FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Valeyev Аrtur Mahmudovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekiston Respublikasi sport sanoatida agentlik faoliyatini nazariy-huquqiy jihatidan tartibga solish oʻrganiladi. Ilmiy maqoladagi tadqiqot mavzusi Oʻzbekistonda sport rivojlanishining hozirgi bosqichida sport mediatorlari (agentlari) faoliyati va huquqlarini aks ettiruvchi bir qator axborot, ilmiy hamda xorijiy manbalar hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi sifatida sportda agentlik faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish va sportda agentlik majburiyatlarini tashkil etish xususiyatlari va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yaxlit gʻoyani shakllantirish koʻzlangan. Ilmiy maqola mavzusining dolzarbligi – sportchilarning huquqlarini himoya qilishdagi amaliy ahamiyati, shuningdek, butun sport jamoatchiligining xabardorligi oshirishdir. Tadqiqotning belgilangan maqsadiga erishish uchun “agent”, “skaut” tushunchalarini, ularning oʻzaro bogʻliqligi va faoliyatini oʻrganish kabi muammolar hal qilindi. Ilmiy maqolaning asosiy xulosasi – “sport agenti” tushunchasini kengaytirish va xalqaro sport huquqi normalari asosida sport mediatori faoliyatini tartibga solish boʻyicha yagona normativ hujjatlarni qabul qilish zarurligi toʻgʻrisidagi takliflarni kiritish. Tuzilgan xulosalar va takliflar sport huquqi fanini takomillashtirish uchun qimmatli axborot materiali boʻladi. Ishlab chiqilgan xulosa va takliflar sport qonunchiligi fanini takomillashtirish uchun qimmatli axborot manbasi sifatida koʻriladi.
Kalit so'zlar
agent, skaut, sport, FIFA, reglament, sportchi, agentlik faoliyati, sport agenti, transfer va (yoki) boshqa jamoa (klub)ga oʻtish.