UY QAMOGʻI TARZIDAGI EHTIYOT CHORASI TANLANGAN SHAXSGA NISBATAN OʻRNATILISHI MUMKIN BOʻLGAN TAQIQ (CHEKLOV)LARNING ILMIY-NAZARIY JIHATLARI
Abdullayev Diyor Ibodillayevich
TDYU kadrlar boʻlimi bosh mutaxassisi, TDYU mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Jinoyat-protsessual qonunchilikka koʻra, uy qamogʻi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshi, sogʻligʻi, oilaviy ahvoli va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq deb topilgan taqdirda qoʻllanadi va bunda shaxsga nisbatan qonunda nazarda tutilgan ma’lum bir taqiq (cheklov)lar oʻrnatiladi. Mazkur maqolada muallif tomonidan jinoyat-protsessual ehtiyot chorasi sifatida uy qamogʻi tanlangan shaxsga nisbatan oʻrnatilishi mumkin boʻlgan taqiq (cheklov)lar tushunchasi, ularning turlari, qoʻllash tartibi hamda mazmun-mohiyatining ilmiy-nazariy jihatlari xorijiy mutaxassislar va mahalliy tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy tahlil qilish orqali atroflicha yoritilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy hamda milliy qonunchilik va qonunosti normalari asosida uy qamogʻi ehtiyot chorasi tayinlangan shaxsga nisbatan qoʻllangan taqiq (cheklov)lar bilan bogʻliq huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelgan va amaliyotchi huquqshunoslar oʻrtasida bahs-munozara keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan muammolar haqida soʻz yuritilib, ularni bartaraf etish boʻyicha xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat protsessi, ehtiyot choralari, uy qamogʻi, taqiqlar (cheklovlar).