YARASHUV VA O‘Z QILMISHIGA AMALDA PUSHAYMON BO‘LGANLIGI MUNOSABATI BILAN ISH YURITISHNI RAD ETISH YOKI TUGATISHNING AYRIM MASALALARI
Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxslarning yarashuv va o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod etish hamda uning protsessual tartibi bo‘lgan ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bog‘liq protsessual muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Maqolada jinoyat va jinoyat-protsessual huquqlarda nazarda tutilgan mazkur javobgarlikdan ozod qilishning moddiy va protsessual asoslari qonunchilik hamda amaliyot nuqtayi nazaridan tahlil etilgan bo‘lib, mavjud muammoli va kollizion holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy mulohaza va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shuningdek, yarashuv asosida ish yuritishni rad etish hamda tugatish bilan bog‘liq moddiy va protsessual normalarda uchrayotgan muammoli holatlarga urg‘u berilgan bo‘lib, unda yarashuvga oid jinoyatlar ro‘yxatida harbiy jinoyatlar chetda qolganligi va ularning huquqiy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar va tergov hamda sud amaliyoti o‘rganilgan. Buning natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi, Jinoyat-protsessual kodeksi va boshqa qonun hamda qonunosti hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat ishi, shaxslarning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi, jinoyat ishini tugatish, rad etish, yarashuv, harbiy xizmatchi, harbiy mulk.