MUАLLIFLIK HUQUQIDА MULKIY HUQUQLАRNI JАMOАVIY BOSHQАRISH TASHKILIY-HUQUQIY SHAKLINING FUQАROLIK-HUQUQIY TАHLILI

Yakubova Iroda Bahromovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Huquqlarni jamoaviy boshqarish tashkiloti to‘g‘ridan to‘g‘ri huquq egalari tomonidan tuzilganligi va shartnoma bo‘yicha ulardan olingan vakolatlar doirasida faoliyat yuritayotganligi sababli bunday tashkilotning faoliyati aʼzolikka asoslangan deb aytish mumkin. Bunda mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha yuridik shaxs tashkil etishda subyektlarning birlashmasi ushbu huquqlarni jamoaviy asosda boshqarishda ifodalanadi. Huquq egalarining tashkilotga aʼzoligi jamoaviy boshqaruv tashkilotini tavsiflovchi muhim elementlardandir. Qolaversa, mualliflik asarlaridan muallif ruxsatisiz foydalanish va mualliflarga mualliflik haqi adolatli to‘lanmayotganlik holatlarining ko‘pligi muallifning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqarish institutini rivojlantirish zaruratining kuchayib borayotganligidan ham dalolat beradi. Mamlakatimizda o‘z yechimini kutayotgan bir qancha masalalar mavjud bo‘lib, mualliflik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish, xususan, uning muhofazasida mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish va mualliflik shartnomasi bilan bog‘liq jarayonlarni tadqiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi. Shuningdek, maqolada ushbu institutni takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim dolzarb muammolar, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlari va milliy qonunchilikning qiyosiy-huquqiy tahlili, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Mualliflik huquqini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Kalit so'zlar
mualliflik huquqi, mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lash, mualliflik huquqini amalga oshirish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy boshqarish, asarni omma oldida ijro etish, kengaytirilgan jamoaviy boshqarish.