O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOIY JAZOLARNI IJRO ETISH TIZIMIDA MAHKUMLARNI AXLOQAN TUZATISH VOSITALARINING TURLARI VA ULARNING FUNKSIYALARI
Matchanov Faxriddin Kuramboy o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif O‘zbekiston Respublikasi jinoiy jazolarni ijro etish tizimida mahkumlarni axloqan tuzatish vositalarining turlari va ularning funksiyalarining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilgan. Muallifning qayd etishicha, jinoyat-ijroiya qonunchiligida mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalari orasida birinchi o‘rinda jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) belgilab qo‘yilgan. Chunki rejim jazoni ijro etishning butun jarayonini o‘z ichiga qamrab oladi. Maqolada mahkum jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan payt jazoni o‘tash bilan bog‘liq talablarni bajarishi shartligi hamda mazkur talablar rejimning jazolovchi, tarbiyalovchi, ogohlantiruvchi funksiyasidan kelib chiqib amalga oshirilishi qayd etilgan. Shuningdek, rejimning jazolash, tarbiyalash hamda ta’minlash funksiyalari tahlil qilingan. Bundan tashqari, olib borilgan tahlil natijasida muallif mahkumni axloqan tuzatish vositalari jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi), tarbiyaviy ish, ijtimoiy va foydali mehnat, umumiy va hunar ta’limi, kasb tayyorgarligi hamda jamoat ta’siridan iboratligi, mazkur axloqan tuzatish vositalari jazoni ijro etishda mahkumlarga nisbatan qo‘llanadigan maxsus chora-tadbirlar hisoblanishi va jazoni ijro etishning bir qismi ekanligi haqida xulosaga kelgan.
Kalit so'zlar
mahkumlar, axloqan tuzatish vositalari, rejim, rejimning jazolovchi, tarbiyalovchi, ogohlantiruvchi funksiyalari, jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi.