HAQ EVAZIGA TURISTIK XIZMAT KOʻRSATISH BOʻYICHA MAJBURIYATLAR SUBYEKTLARI HUQUQIY MAQOMINING AYRIM MASALALARI

Ruzinazarov Shuhrat Nuraliyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Achilova Liliya Ilhomovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada haq evaziga turistik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha majburiyatlar, ularning shartnomaviy huquqiy tabiati, ayniqsa, turistik kompaniyalarning huquqiy maqomi, turistik operator va turistik agentlarning huquq subyektligi, ularning oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlari haqida soʻz yuritilgan. Turistik kompaniyalarning o‘zaro hamda turist oldidagi majburiyatlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda bu boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan. Oʻrganilgan xorij tajribasi va Oʻzbekiston tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. Turistik kompaniyalarning o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajara olmasligi ommaviy tarzda yuzaga kelganda, qanday yoʻl tutilishi mumkinligi xorijda va Oʻzbekistonda yuz bergan holatlar misolida yoritib berilgan. Ushbu holatlarda milliy qonunchilikning qoʻllanishi masalalariga toʻxtalib oʻtilgan. Keltirilgan amaliy misollarda yuz bergan holatlarning oldini olish uchun turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasida aks etishi lozim boʻlgan eng muhim shartlar yuzasidan tavsiyalar berib oʻtilgan. Mazkur shartlar jahon turizm tashkiloti tomonidan qabul qilingan xalqaro hujjatlarga muvofiq boʻlishi lozimligi yuzasidan xulosalar bildirilgan. Maqolada keltirib oʻtilgan fikrlar turistik xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy tartibga solishda qoʻllanishi mumkin
Kalit so'zlar
haq evaziga turistik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha majburiyatlar, turistik faoliyat subyektlari, turistlar, turoperator, turagent, turistik xizmatlar koʻrsatish shartnomasi.