AKADEMIK SHAVKAT URAZAYEV ATOQLI OLIM VA DAVLAT ARBOBI SIFATIDA: VAQT VA VOQEALAR PRIZMASIDAN QARASH

Burxanova Leyla Mariusovna

Toshkent davlat yuridik universiteti, Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola Toshkent davlat yuridik universitetida (sobiq Toshkent davlat universiteti) uzoq yillar davomida o‘quv va tashkiliy ishlar olib borgan taniqli huquqshunos olim, akademik Sh.Z. Urazayev faoliyatiga bag‘ishlangan. Olim O‘zbekistonda davlat qurilishi nazariyasi va tarixi sohasida ilmiy izlanishlar olib bordi. U O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati bo‘lgan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqishda ishchi guruh rahbari sifatida faol ishtirok etgan. Maqolada akademik Sh.Z. Urazayevning yuqori malakali yuridik kadrlar, yosh tadqiqotchilarni tayyorlashdagi xizmatlarni e’tirof etiladi. Shuningdek, 1977-yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida mustahkamlangan qoidalar bugungi kundagi davlat va jamiyat hayotidagi zamonaviy o‘zgarishlar sharoitida tahlil qiladi.
Kalit so'zlar
Konstitutsiya loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, akademik Sh.Z. Urazayev, konstitutsiyaviy islohotlar, federatsiya, avtonomiya, milliy davlat, milliy davlatchilik, davlatchilikning milliy shakli, milliy boshqaruv shakli.