KORRUPSIYA SHAKLLARI VA TURLARINI TASNIFLASH MUAMMOLARI
Boydedayev Sadirdin Abdusattorovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada dunyo mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekiston uchun eng dolzarb masalalardan biri boʻlgan korrupsiya tipologiyasi va shakllari, koʻrinishlari haqida soʻz boradi. Muallif taʼkidlaganidek, hozirgi kunga kelib, jamiyatda korrupsiyaga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan iqtisodiy va institutsional omillar yetarlicha oʻrganilgan. Shu bilan birga, aholi va alohida shaxslarning korrupsiyaga nisbatan tushunchasi yetarli emasligi, korrupsiyaning shakl va turlari gʻoyatda kengligi bilan bogʻliq omillar nisbatan kam oʻrganilgan. Shu munosabat bilan muallif korrupsiyaga doir tipologiyalar, tasniflar va qarashlarni oʻrganib, bu boradagi eng maqbul mezonlar boʻyicha tasniflash lozimligi haqidagi gʻoyalarni ilgari suradi. Shuningdek, maqolada korrupsiyaning tarqalish sohasi, mansabdorlar lavozimlari iyerarxiyasi hamda korrupsiyaviy harakatlar barqaror (takroriy)ligi boʻyicha turlari farqlangan. Bunda millatlararo korrupsiya, bir organ doirasida sodir etilgan korrupsiya, xususiy sektordagi korrupsiya, oliy darajadagi (elita) korrupsiya, oʻrta darajadagi korrupsiya, quyi bo‘g‘inlardagi korrupsiya, tasodifiy (individual) korrupsiya hamda tizimli korrupsiya kabi korrupsiyaning asosiy turlari yuzasidan xulosalar keltirilgan. Maqolada korrupsiya bilan bog‘liq ijtimoiy xavfli qilmishlarni tasniflashga oid ilmiy-nazariy qarashlar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
korrupsiya, tipologiya, tasniflash, mansabdor shaxs, mansab, jamiyat, korrupsiyaga munosabat.
Iqtibos uchun
For citation: