HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISHGA OID NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING ILMIY-NAZARIY TAHLILI
Narzullayev Olim Xolmamatovich
Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bilan bog‘liq yangi qonun hujjatlarini yangi ta’riflar asosida ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda ularni tahlil qilish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi ekologik huquq nazariyasini yanada rivojlantirishga oid eng muhim masalalar tahlil qilindi. Hayvonot dunyosini huquqiy muhofaza qilish va huquqiy tartibga solish muammolari, tabiat resurslari tizimida hayvonot dunyosining о‘rni va ahamiyati, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish huquqining kelib chiqishi ilmiy-tadqiqot doirasida ekologiya huquqi nuqtayi nazaridan о‘rganildi. Hayvonot dunyosi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, ularni tartibga solishga qaratilgan normalarning mazmuni, amaliyotda qо‘llash mohiyati va muammolari, hayvonot dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv tizimi, boshqaruv organlarining vakolatlari, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik masalalari tadqiq etildi.
Kalit so'zlar
biologik xilma-xillik, genetik modifikatsiyalangan, о‘rmon, hayvonot dunyosi, hayvonot dunyosi obyektlari, kadastr, tabiiy resurslar, yovvoyi hayvonlar, suv hayvonlari, sudraluvchilar, qushlar, ovchilik, baliq ovlash qoidalari, qonun.
Iqtibos uchun
For citation: