AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO QILUVCHI HOLAT SIFATIDA OXIRGI ZARURATNING O‘RNI

Jumanazarova Marjona Botir qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida oxirgi zaruratning huquqiy tabiati, o‘ziga xosliklari, chegaralari xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilish orqali o‘rganildi hamda milliy jinoyat qonunchiligini takomillashtirish masalasida bir qator takliflar ishlab chiqildi. 10 dan ortiq xorijiy ilg‘or mamlakatlarning jinoyat qonunchiligini o‘rganib chiqish orqali bir qator zarur nazariy va amaliy xulosalar qilindi. Roman-german hamda anglo-sakson huquq tizimiga kiruvchi mamlakatlar qonunchiligidagi oxirgi zarurat institutiga oid normalar tahlil qilindi va ularning o‘ziga xosliklari yoritib berildi. Xorijiy davlatlar jinoyat kodekslarida oxirgi zarurat normalarining joylashish o‘rni, unga qo‘yilgan talablar, xavfga nisbatan belgilangan qonuniylik shartlari, javobgarlik hamda jazodan ozod qilishning o‘ziga xos tomonlari muhokama qilindi. Jinoyat qonuni bilan himoya qilinuvchi qaysi obyektlar oxirgi zarurat huquqini qo‘llash orqali muhofaza qilinishi mumkinligi, bu kabi obyektlarning turli davlatlarda turlicha talqin qilinishi holatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xorij tajribasini tahlil qilish natijasida eng ilg‘or mamlakatlar jinoyat qonunidagi yutuqlarni milliy jinoyat qonunimizga kiritish masalasi yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
oxirgi zarurat, maxsus subyekt, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, jazodan ozod qilish, yuridik xato, xavf, qonuniy shartlar.
Iqtibos uchun
For citation: