XORIJIY MAMLAKATLARDA HUKUMATNI SHAKLLANTIRISHNING NOPARLAMENTAR USULI: QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL
Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich
Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada hukumatni shakllantirishning usullaridan biri bo‘lgan noparlamentar usul to‘g‘risida fikr yuritilib, huquqshunos mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi mulohazalarini keltirish va xorijiy mamlakatlarning ijro etuvchi hokimiyat oliy organini shakllantirishga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini o‘rganish asnosida uning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, hukumatni siyosiy javobgarlikka tortishga doir xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy-huquqiy amaliyoti tahlil qilingan. Turli davlatlarda hukumat ijtimoiy hayot sohasiga doir turli vakolatlarni amalga oshirsa-da, barcha rivojlangan demokratik davlatlarda hukumat o‘z faoliyatining asosi sifatida fuqarolarning haq-huquqlari, manfaatlari va erkinliklari himoyalanishini ta’minlashni ifoda etadi. Ana shu fuqarolar tomonidan saylangan xalq vakillari qabul qilgan qonunlar ijrosi bevosita hukumatning faoliyati va u qabul qiladigan huquqiy hujjatlar asosida ta’minlanadi. Hukumatning shakllantirilish tartibi va ijro etuvchi hokimiyatning tegishliligi, avvalo, muayyan davlatning boshqaruv shakliga bog‘liq. Shuningek, qonunchilikni tahlil qilish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat rahbari sifatidagi huquqiy maqomining muhim jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bu parlamentar davlatlarda hukumat va uning a’zolari iste’foga chiqishining konstitutsiyaviy tartib va tamoyillarini belgilash hamda amalga oshirish to‘g‘risidagi xulosalar uchun asos bo‘ladi.
Kalit so'zlar
hukumat, noparlamentar usul, bosh vazir, hukumat javobgarligi, prezident, ishonch.
Iqtibos uchun
For citation: