MA’MURIY AKTNI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: TAKLIF VA MUAMMOLAR

Saidazimov Yusuf Sodiq o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’muriy akt tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, nazariy va amaliy izlanishlar natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni uchun bir qancha taklif va tafsiyalar keltirilgan. Ma’muriy tartib-taomillarning davlat boshqaruv sohasidagi o‘rni va ahamiyati, ma’muriy organlar tomonidan chiqariladigan ma’muriy aktlarning belgilari, o‘ziga xosligi va ahamiyati borasida ilmiy asoslangan tahlillar keltirilgan. Shu bilan birga, ma’muriy aktning qo‘llanilishi, ma’muriy aktning ma’muriy huquqdagi o‘rni va ahamiyati batafsil yoritib berilgan. Bundan tashqari, ma’muriy aktni o‘zgartirish va bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, tartib-taomillari va ahamiyati borasida xorijiy va milliy olimlarning ilmiy izlanishlari va xulosalari tahlil qilingan va o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ma’muriy aktni manfaatdor shaxsning shikoyati va arizasiga ko‘ra o‘zgartirish va bekor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan o‘zgartirilishi va bekor qilinishining o‘ziga xos xususiyatlari va qonunchilikda aks etishi borasida ilmiy asoslangan fikrlar berilgan. Shu bilan birga, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan xulosalar asosida qonunchiligimizga takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
ma’muriy huquq, ma’muriy tartib-taomil, ma’muriy munosabat, ma’muriy akt, ommaviy vakolat, o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topish, litsenziya, ruxsat beruvchi hujjat, bekor qilish, siyosiy partiyalar, faoliyatni tugatish, tadbirkorlik subyektlari, manfaat.
Iqtibos uchun
For citation: