SHARQDA BANKROTLIK ELEMENTLARINI AKS ETTIRUVCHI MANBALAR VA ULARNING HUQUQIY TAVSIFI
Xudaybergenov Behzod Baxtiyorovich
Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada qadimgi Sharqda bankrotlikni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qoidalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tahlil qilingan, ularning o‘ziga xosligi o‘rganilgan, Sharq va G‘arbda bankrotlik jarayonlari qiyoslangan. Xususan, qadimgi yozma manbalarda keltirilgan yozuvlar tahlil qilinib, qarz munosabatlari qanday tartibga solinganligi, qarz to‘lanmagan holatlarda undiruv qaysi mol-mulkka qaratilishi, zardushtiylik ta’limotida qarz majburiyatlari yuzasidan butun qabila qanday tartibda javob berganligi masalalari yoritilgan. Shuningdek, islom huquqida qarzdorning kreditorlar talablarini bajarish tartibi, undiruv qarzdorning shaxsi va mol-mulkiga qaratilishi, qarzdorga beriladigan imtiyozlar va bankrotlik bilan bog‘liq ko‘plab atama va tushunchalarning mazmuni ochib berilgan. Bundan tashqari, Temuriylar davridagi to‘lovga qobiliyatsiz savdogar va dehqonlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari o‘rganilgan. Tarixiy manbalarda keltirilgan qoidalarga tayangan holda, o‘tmish va hozirgi kundagi normalar bir-biri bilan solishtirilgan, shunga muvofiq, amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir taklif va xulosalar ishlab chiqilgan. Mustaqillikdan keyingi bankrotlikka oid qonun hujjatlari tizimli ravishda tahlil qilingan, ularni qabul qilish jarayonlari bosqichlarga ajratilgan, o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlarning ijobiy va salbiy jihatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar
haq; sinish; inqiroz; qarzdor; ostrak bankrotlik; kreditor; yozma manbalar; qonunchilik; islom huquqi; tuzuklar; sanatsiya; jismoniy shaxs; korxona; tadbirkorlik.
Iqtibos uchun
For citation: