OMMAVIY ISHTIROK XALQARO STANDARTLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Yo‘ldoshev Azizjon Ergash o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar nomozodi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada ommaviy ishtirok xalqaro standartlarining shakllanishi va rivoj­lanish tendensiyalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda ommaviy ishtirok xalqaro standartlariga majburiy xarakterga ega bo‘lmagan xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlarining tavsiyaviy xarakterdagi hujjatlarini kiritish amaliyoti inobatga olinib, ommaviy ishtirok xalqaro standartlariga mualliflik ta’rifi berildi. Inson huquqlari qo‘mitasi tomonidan Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning moddalari bo‘yicha berilgan sharhlari, tavsiyalari, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan rahbariy qo‘llanmalar hamda boshqa hujjatlar ahamiyati ochib berildi. Muallif SOVID-19 pandemiyasi va boshqa global muammolarni hal qilish sharoitida ommaviy ishtirok xalqaro standartlarining jadal rivojlanishi, ommaviy ishtirokning barcha sohalarni qamrab olishi va ixtisoslashuvi tendensiyalarini aniqladi. Tadqiqot natijasida barcha sohalardagi xalqaro standartlarga muvofiq ommaviy ishtirokni ta’minlash, jumladan, Orxus konvensiyasiga qo‘shilish, ommaviy ishtirok standartlarini ishlab chiqishda O‘zbekis­ton davlat organlari va fuqarolarining faol ishtirok etishi bo‘yicha tavsiyalar ilgari surildi.
Kalit so'zlar
xalqaro hujjatlar; “yumshoq huquq”; ommaviy ishlarni yuritishda ishtirok etish huquqi; saylov; referendum; so‘z erkinligi.
Iqtibos uchun
For citation: