DAVLAT BYUDJETI USTIDAN PARLAMENT NAZORATI MOHIYATI: ILMIY-NAZARIY TAHLIL

Yusupov Sardorbek Bahodirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti «Ma’muriy va moliya huquqi» kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada hokimiyatlar bo‘linishi tizimida parlament nazorati institutining mohiyati, ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari yoritib berilgan. Parlament nazoratining asosiy yo‘nalishi sifatida davlat byudjeti ustidan nazorat – mamlakatning moliyaviy asosini tashkil etuvchi byudjet mablag‘lari sarflanishini nazorat qilishga alohida yondashilgan. Davlat byudjeti ustidan nazorat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, asosiy moliyaviy hujjat bo‘lgan Davlat byudjetini ko‘rib chiqish, uni qabul qilib, ijrosini nazorat qilishdir. Muallif parlament faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida davlat byudjeti ijrosi ustidan parlament nazorati, parlament va uning organlarining davlat byudjetini shakllantirish va undan samarali foydalanish sohalarida byudjet intizomiga og‘ishmay rioya qilinishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni o‘z nuqtai nazaridan yoritadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining nazorat funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, Qonunchilik palatasi tomonidan davlat byudjeti ijrosi yakunlari haqidagi Vazirlar Mahkamasi hisobotlarining ko‘rib chiqilishi, tegishli qarorlar qabul qilinishi, Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish, Davlat byudjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish misolida yoritiladi. Davlat byudjeti ustidan parlament moliyaviy nazoratining asosiy yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi orqali tahlil qilingan. Muallif Davlat byudjeti ustidan parlamentning moliyaviy nazorat sohasida ilmiy-nazariy hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amaliy fikrlarni ilgari surgan.
Kalit so'zlar
parlament nazorati; parlament nazorati obyekti; Davlat byudjeti ustidan parlamentning moliyaviy nazorati; Hisob palatasi; Davlat byudjeti ijrosi.
Iqtibos uchun
For citation: