NORMA IJODKORLIGI JARAYONIDA FUQAROLAR ISHTIROKINING NAZARIY ASOSLARI TAHLILI

Boymurodov Botir Panji о‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti katta о‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada norma ijodkorligi tushunchasi, uning huquq ijodkorligidan farqli xususiyatlari, shuningdek, norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtirokining nazariy asoslari tahlil qilingan. Bundan tashqari, amaldagi qonunchilikda belgilangan huquqiy normalar asosida fuqarolarning norma ijodkorligi jarayonida ishtirok etishi bilan bog‘liq mavjud holatga huquqiy baho berilgan. Norma ijodkorligi jarayoniga fuqarolarni jalb qilishning normativ-huquqiy hujjatlar sifatiga kо‘rsatadigan ijobiy ta’sirlari hamda norma ijodkorligi jarayonida jamoatchilik muhokamasiga bо‘lgan obyektiv ehtiyojlar muhokama qilingan. Tizimli, muammoli va gipotetik metodlar yordamida olib borilgan tahlil natijasida norma ijodkorligi jarayonida fuqarolar ishtiroki bilan bog‘liq mavjud muammo va kamchiliklar ochib berilgan hamda ularning nazariy-huquqiy yechimlari yuzasidan takliflar bildirilgan.
Kalit so'zlar
norma ijodkorligi, huquq ijodkorligi, fuqarolar, fuqarolar ishtiroki, normativ-huquqiy hujjat.
Iqtibos uchun
For citation: