HOKIMIYAT YOKI MANSAB VAKOLATI DOIRASIDAN CHETGA CHIQISHNING OBYEKTI YUZASIDAN AYRIM MULOHAZALAR
Sagdullayev Fathulla Shukurullayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish jinoyati tarkibining asosiy belgisi sifatida ushbu qilmishning obyekti tahlil qilingan. Bunda mazkur jinoyatning boshqa mansabdorlik jinoyatlari qatorida umumiy, turdosh va maxsus obyektlari hamda ushbu jinoyatning о‘ziga xos jihati sifatida bevosita asosiy va bevosita qо‘shimcha obyektlari yuzasidan mualliflik xulosalari berilgan. Shuningdek, ushbu jinoyatning bevosita asosiy va bevosita qо‘shimcha obyektlari raqobati yuzasidan fikrlar bildirilgan.
Kalit so'zlar
jinoyatning obyektiv belgilari, jinoyat obyekti, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, mansabdorlik jinoyatlari, ijtimoiy munosabat, inson huquqlari, ijtimoiy (huquqiy) manfaat, ijtimoiy xavfsizlik, ikki obyektli jinoyat, obyektlar raqobati, turdosh obyekt, maxsus obyekt, bevosita asosiy obyekt, bevosita qо‘shimcha obyekt.
Iqtibos uchun
For citation: