SIYOSIY PARTIYANING HUQUQIY MOHIYATI VA UNING NAZARIY-HUQUQIY TAHLILI
Shodmonov Mirzohid Muxtor o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini rivojlantirish va davlat va jamiyat hayotida ularning rolini kuchaytirish uchun qonunchiligimizga kiritilayotgan har bir o‘zgartirishlar siyosiy partiyalarning jamiyat hayotida muhim rol o‘ynashi va erkin faoliyat yuritishini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi mazkur yo‘nalishda yanada zamonaviy mexanizmlarni joriy etishni taqozo etadi. Maqola siyosiy partiya tushunchasi, huquqiy mohiyati va uning nazariy-huquqiy tahlili masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan, milliy va xorijiy davlatlar qonunchilik hujjatlari va bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlari qiyosiy tahlil qilindi. Xususan, xorijiy davlatlardan GFR, Rossiya Federatsiyasi, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Gruziya, Makedoniya, Ukraina kabi bir qator davlatlarning qonunchilik hujjatlari o‘rganildi va milliy qonunchilik bilan qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot ishimizda siyosiy partiya tushunchasi, huquqiy mohiyati va uning nazariy tahlili yuzasidan amaliy taklif va ilmiy xulosalar berildi.
Kalit so'zlar
siyosiy partiya, partiya, siyosiy guruh, sho‘ro, partiya dasturi, partiya ustavi, ko‘ppartiyaviylik, xalqaro tajriba.
Iqtibos uchun
For citation: